Qahramonlar xotiramizda mangu!

Loyiha haqida

“STOODIN.UZ” noyob loyihasi - Ikkinchi jahon urushi yillarida oʻzbekistonlik bir yuz bir nafar jangchining qahramonona va fojiali taqdiri toʻgʻrisidagi gollandiyalik yozuvchi va tadqiqotchi Remko Reyding tomonidan yaqinda qoʻlga kiritilgan hujjatli maʼlumotlarga asoslangan. Ular Gollandiyaning Amersfort shahridagi kontsentratsion lagerda matonatli va munosib tarzda jahannamning barcha azoblaridan oʻtib, oʻzlarining bu jasoratlari bilan Gitlerning hiyla-nayrangli rejasini butunlay yoʻq qilib, fashistlarga urushdagi tarixiy burilishni yasashga halaqit berib qoʻyganlarini bilmagan holda halok boʻldilar.

Aynan Remko Reydingning 20-yillik tadqiqotlari Gollandiyada halok boʻlgan va dafn qilingan bir yuz bir nafar oʻzbek askari haqida, ularning fojiali taqdiri toʻgʻrisida bilish imkonini berdi.

2017 yilda oʻzbek tadbirkori Zafar Xoshimov Gollandiyada boʻlib, oʻz oʻgʻillari bilan birgalikda Amersfort konslageri, oʻzbek jangchilarining otib tashlangan joyi va ular dafn etilgan qabristonni borib koʻrishdi.Koʻrganlaridan hayratga tushib, bu bilan oʻziningFacebookdagi sahifasida oʻrtoqlashdi. Butun dunyo boʻylab minglab odamlar ushbu postni oʻqib chiqishdi. Ularning orasida tadbirkor Dilshod Maqsudxonov ham boʻlib, u oʻz navbatida oʻqiganlari toʻgʻrisida yozuvchilar Anvar Ergashev va Yuliya Medvedovskayalarga hikoya qilib berdi.

Bir yuz bir nafar oʻzbek askarining fojiaviy, ammo qahramonona taqdiri toʻgʻrisidagi yangi maʼlumotlar “Oʻzbekkino” Milliy agentligi (Bosh direktor F. Zokirov) va Oʻzbekiston Respublikasining BЕNILYUKS mamlakatlaridagi elchixonasi (Favqulodda va Muxtor Elchi D.Hakimov) qoʻllab-quvvatlovida, Anvar Ergashev va Yuliya Medvedovskayalar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar tufayli qoʻlga kiritildi, keyinchalik bu ularning “katta aks-sado bergan” “101” deb nomlangan hujjatli-badiiy romanining yaratilishiga asos boʻlib xizmat qildi.

Maʼlum boʻlishicha, oʻzbek askarlari fashistlar Germaniyasining katta “propaganda mashinasi” qurboniga aylanishgan va oʻta muhim va maxfiy aksiya uchun maxsus ravishda tanlab olinganlar. Adolf Gitler shaxsan reyxsministr Goebbels va reyxsfyurer Himmler idoralariga Qizil Armiya askarlari haqida targʻibot filmini yaratishni buyurib, unda ular inson qadr-qimmatidan mahrum, zaif va ibtidoiy mavjudotlar sifatida namoyon boʻlishlari kerak edi. Va bularning bari, Ikkinchi jahon urushining eng muhim janglaridan biri - Moskva uchun kurashdan oldin nemis askarlarining “putur yetgan ruhini” koʻtarishga qaratilgan edi!

Ushbu filmning yaratilishi Fuhrer tomonidan eng katta ustuvor vazifa deb eʼlon qilingan edi. Suratga olish guruhiga reyxning eng yaxshi kinoijodkorlari jalb etilgan edi. Va “Amersfoort” kontslageri o’zining mahbuslariga aylangan bir yuz bir nafar oʻzbek jangchisidan aynan shu film uchun “materiallar tayyorlashi” kerak edi. Bir qarashda, hammasi koʻngildagidek ketayotgan edi, va Gebbels Gimmler bilan birgalikda fyurerga muvaffaqiyatli oʻtkazilgan operatsiya haqida hisobot berishga ham tayyor boʻlib turishgan edi, ammo bari bunday boʻlib chiqmadi.

Goʻyoki barchasi risoladagidek ketayotgandi, Gebbels bilan Gimler esa muvaffaqiyatli amalga oshirilgan tadbir xususida fyurerning huzurida ogʻiz koʻpirtirishga tayyor edilar, ammo bu safar ular pand yedilar! Asirdagi oʻzbek jangchilari tarafidan Amersfort konslagerida namoyon qilingan jasorat, intizom va milliy madaniyat Gitlerning rejalarini chippakka chiqardi. Ha, ular bor-yoʻgʻi bir yuz bir kishi edilar! Ammo ular haqiqiy jangchi edilar va qahramon boʻlib qoldilar!

Fashist askarlari mafkuraviy yordam olmadi, Moskva uchun boʻlgan asosiy jang oldidan ularning ruhi singandi! Ular jangni boy beribgina qolmasdan, bu yerda taxminan bir millionga yaqin soldat va ofitserlarini yoʻqotdilar. Oʻsha xavotirli damlarda fashistlar Germaniyasi gʻalaba qozonsa insoniyat tarixi tubanlikka yuz tutib, dunyo xalqlari qullik va qatliomga giriftor boʻlardi. Moskva ostonasidagi janglarda erishilgan gʻalabaga oʻz hayotlarini qurbon qilib beqiyos xissa qoʻshgan bir yuz bir nafar oʻzbek qahramonlarining jasorati asrlar osha butun yer yuzidagi kishilarning xotirasida abadiy qolajak!

Ikkinchi jahon urushida fashizmga qarshi kurashda ishtirok etgan oʻzbekistonliklarning nomlarini abadiylashtirish, yosh avlodni otalari va bobolarining jasorati misolida tarbiyalash maqsadida Oʻzbekiston Prezidenti 24.07.2018 yildagi 3880-sonli qarorini imzoladi (3-ilova, II va III qismlar), qarorda shu yoʻnalishda amalga oshiriladigan qator chora-tadbirlar belgilangan.

Yangiliklar

RЕMKO RЕYDING HAQIDA

Remko Reyding - 1976 yilning 7 iyulida Niderlandiyaning Amersfort shahrida tugʻildi.

Gollandiyalik jurnalist yozuvchi va tadqiqotchi, “Shuhrat maydoning farzandi” kitobining muallifi. Leyden universitetining politologiya fakulteti va Zvolledagi Vindesgeym xristian universitetining jurnalistika va kommunikatsiyalar fakultetlarini bitirgan. “Niderdandiya qirollik ritsari” faxriy unvoni, shuningdek Rossiya Prezidenti V.V. Putinning mukofotiga ega. Oʻz ishi uchun 2003 yilda RemkoReyding RF Mudofaa vazirligining “Faol qidiruv ishlari uchun” mukofoti bilan taqdirlangan.

2004 yildan 2012 yilgacha AssociatedPressServices , HetFinanciyeeleDagblad , DeTijd, BNR Niyeuwsradio va RTL Niyeuws kabi nashrlarning Moskvadagi muxbiri sifatida faoliyat yuritgan. 2009 yilda Reyding Urush, Xolokost va genotsidni yoritish boʻyicha institut - Xolokost va zamonaviy genotsidda Birinchi va Ikkinchi jahon urushlarini oʻrganish boʻyicha Gollandiya instituti ilmiy tadqiqotchisi maqomini oldi.

U yoshlik chogʻida, muxbir boʻlib ishlayotganda oʻzining qadrdon Lyosden shahrida sovet Shuhrat maydoni – Ikkinchi jahon urushi yillarida halok boʻlgan 865 nafar qizil askar dafn etilgan qabristonning borligi haqida habar topadi. Halok boʻlgan askarlarning dafn etilgan joylari haqida ularning qarindoshlari va yaqinlari hech narsa bilmasligi uning qalbini larzaga soldi va u halok boʻlgan jangchilarning qarindoshlarini topishni oʻzining maʼnaviy burchi deb hisobladi. U qidiruv masalalari, shuningdek sovet askarlari qarindoshlarining Niderlandiyaga safarlarini tashkil etish bilan shugʻullanadigan “Sovet Shuhrat maydoni” jamgʻarmasini tuzdi. Qariyb 20 yil davomida u deyarli 200 nafar halok boʻlgan sovet askarlarini topdi va ularni oilalariga “qaytarish”ga yordam berdi. Koʻp yillar davomida Remko halok boʻlgan sovet soldatlarini izlash bilan, bir oʻzi, oʻzining shaxsiy mablagʻlari hisobiga, shugʻullanib kelgan.

Hozirgi paytda halok boʻlgan jangchilarning qidiruvi bilan “Sovet Shuhrat maydoni” jamgʻarmasi (www.soldaat.su) shugʻullanadi, shuningdek jamgʻarma sovet askarlari qarindoshlarining Niderlandiyaga safarlarini tashkil etish bilan shugʻullanadi. “Bizning odamlarimizning qabrlariga nisbatan gollandiyaliklarning munosabatidan biz hayratga tushgan edik”, - hikoya qilardi RemkoReyding tomonidan topilgan bir halok boʻlgan sovet askarining avlodi Ivan Machuga.

Taqdimotlarning birida chiqish qilgan Niderlandiyaning Moskvadagi elchisi Ronvan Dartel Remko Reydingning ishini “Ikkinchi jahon urushi yillarida halok boʻlgan sovet askarlariga nisbatan insoniylik va ehtiromning ramzi” deb atadi.

www.remcoreiding.nl

XOTIRA KITOBI

Xotira kitobi “Amersfort” konslagerida halok bo‘lgan o‘zbekistonlik 101 nafar qahramonlaridan iborat har bir askar haqidagi ma’lumotlar bilan to‘ldirib boriladi.

Hamkorlar